Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Shahrisabz va Qarshi shaharlarida fuqarolar qabuli

2024-yilning 24-25-oktyabr kunlari Mobiuz kompaniyasining Shahrisabz va Qarshi shaharlaridagi Xizmat ko‘rsatish markazlarida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirlarning maqsadi – mijozlarning ehtiyojlari va istaklarini yaxshiroq tushunish, shuningdek, yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga qaratilgan. Ushbu tadbirlar abonentlarga kompaniya vakillari bilan uchrashish imkonini berdi.

Qabullarda Mobiuz’ning turli bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi va "O‘zkomnazorat" inspeksiyasining hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyati aholisi muhokamalarda faol ishtirok etib, savollar berdi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi hamda mahsulot va xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha takliflarini taqdim qildi. Mobiuz vakillari fuqarolarning murojaatlarini inobatga olgan holda xizmatlarning barcha jihatlari bo‘yicha to‘liq maslahatlar berdi.

   

  

Barcha murojaatlar ro‘yxatga olindi va sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi.

Mobiuz kompaniyasi muvaffaqiyatli rivojlanishining asosi bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sifatini va abonentlar bilan muloqotda ochiqlikni oshirishga intilib kelmoqda.

Ro'yxatga qaytish