Mobiuz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda xodimlar uchun "O‘zbek she’riyati go‘zalligi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.
21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bilan bog‘liq muhim sanadir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yil "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilinganining 35-yilligi nishonlanmoqda.
Mobiuz mobil operatorining Markaziy ofisida bo‘lib o‘tgan tadbirda bu haqida so‘z bordi.
O‘zbek tili jahonning boy tillaridan biri, xalqimizning milliy g‘ururi va mustaqilligining ramzi ekani ta’kidlandi. Zero, ona tili millatning o‘ziga xosligini, ma’naviy qudratini ifoda etadi. U xalq tarixi va davlat taraqqiyot yo‘lini aks etadi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Halima Ahmedova, Muhiddin Abdusamatov, Mansur Jumayev, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Hulkar Sherzodova so‘zga chiqdi.
Ular o‘z mualliflik she’rlarini o‘qib, ishtirokchilarni zamonaviy o‘zbek she’riyatining ajoyib dunyosiga olib kirdilar, o‘z ijodlari bilan o‘rtoqlashdilar, chuqur hissiy aloqa va madaniy boyish muhitini yaratdilar.
"O‘zbek tili – avlodlarni bog‘lovchi jonli rishta". Ushbu jumla o‘zbek tilining avlodlar madaniyati va aloqasining jonli va dinamik vositasi sifatidagi ahamiyatini namoyish etib, tadbir ruhini juda yaxshi aks ettiradi.