Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz vakillari Tailandda 5G sammitda ishtirok etishdi

Shu yilning 14-15 noyabr kunlari Bangkokda (Tailand) “5G Summit & User Congress 2023” xalqaro sammit va kongressi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirlarda Mobiuz mobil operatori vakillari ishtirok etdi.

Sammitning asosiy mavzusi “Raqamli aloqa bilan qamrab olish” bo'ldi. Unda 5G'ni yanada rivojlantirish va unga asoslangan yangi mahsulotlar va yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Yevropa va Osiyoning yetakchi aloqa operatorlari vakillari ushbu yo'nalishlardagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Chet ellik hamkasblar bilan doimiy bilim va tajriba almashish Mobiuz vakillariga jahon tendensiyalaridan xabardor bo‘lish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va abonentlar ehtiyojlarini qondirish uchun yangi yechimlarni topishga yordam bermoqda.

   

Ro'yxatga qaytish