Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Navoiy shahrida fuqarolarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Respublika hududlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabullari jadvaliga muvofiq Navoiy viloyatida ham fuqarolarni sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir davomida Mobiuz mobil aloqa operatorining turli bo‘linmalari va “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Navoiy viloyat hududiy shu‘basi boshlig‘i viloyat aholisi bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

Muloqotning asosiy mavzusi aloqa sifati, tariflar va operator xizmatlari bilan bog‘liq masalalar bo‘ldi. Mobiuz texnik mutaxassislari kompaniya tomonidan aloqa sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil so‘zlab berishdi. Bundan tashqari, qo‘shimcha xizmatlarni ulash imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. 

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Navoiy viloyat hududiy shu‘basi boshlig‘i muammolarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan hal etishda aholi bilan fikr almashish muhimligini ta’kidladi.

   

Ro'yxatga qaytish