Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz tarmoqlarni faol rivojlantirayotgani uchun nufuzli LEAD Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi

Kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlar operatorlari orasida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda yetakchi sifatida tan olindi.

SAMENA Assotsiasiyasining Telekommunikatsiyalar bo‘yicha kengashini ushbu mukofoti 2023-yil 10-11-oktyabr kunlari Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tgan Keng polosali mobil aloqa global forumi (Global Mobile Broadband Forum 2023) doirasida topshirildi.

Mobiuz’ning xalqaro miqyosda tan olinishiga bir qator sabablar bor. Kompaniya yangi tayanch stansiyalarini jadal ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik infratuzilmani takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

2023-yilning 9 oyi davomida operator O‘zbekiston bo‘ylab yangi joylarda 460 dan ortiq tayanch stansiyalarini o‘rnatdi. 2500 dan ortiq tayanch stansiyalari esa modernizatsiya qilindi va qayta jihozlandi.

Farg‘ona vodiysida sentabr oyida LTE TDD (Time-division duplexing) texnologiyasini joriy etish loyihasi boshlandi. Bu texnologiya chastota diapazonidan samaraliroq foydalanish va yuqori sifatli signallarni taqdim etish imkonini beradi.

Mobiuz 4G LTE tarmog‘ini avvallari bo‘lmagan joylarda, ayniqsa qishloq joylarida, tezroq o‘rnatish uchun LTE 2100 MGs diapazonidan faol foydalanmoqda. Katta shaharlar va viloyat markazlarida xizmatlar takomillashtirilgan 4G+ standartida ko‘rsatila boshlandi.

Mobiuz VoLTE texnologiyasini o‘z tarmoqlarida joriy etgan dunyodagi 250 ga yaqin operatorlardan biri, O‘zbekistonda esa birinchi bo‘ldi. Xizmat abonentlar uchun bepul taqdim etilmoqda.

Shu yil davomida Mobiuz cheksiz ijtimoiy tarmoqlar, cheksiz internet va qo‘ng‘iroqlarga ega bo‘lgan bir qator tarif rejalari va xizmatlarini ishga tushirdi. Natijada, bir yilda 4G trafigi 58 foizdan ko‘proqqa, 5G trafigi esa qariyb 885 foizga o‘sdi.

Mobiuz tarmoqlarini qurish va kengaytirish ishlari faol davom etmoqda. Xalqaro e’tirof va LEAD Awards mukofoti operator jamoasini yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirmoqda.

Mobiuz erishayotgan yutuqlari haqidagi batafsil ma’lumotni pr.mobi.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

 

Ma’lumot uchun: SAMENA – telekommunikatsiya assotsiasiyasi bo‘lib, Janubiy Osiyo va MENA mintaqasi (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika)dagi aloqa operatorlari, ishlab chiqaruvchilar va ilm-fan vakillarini birlashtiradi.

Ro'yxatga qaytish