Biz ijtimoiy tarmoqlarda
ICTWEEK 2023

Joriy yilning 23-27 oktabr kunlari O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik AKT haftaligi – ICTWEEK 2023 bo‘lib o‘tadi.

Uning doirasida ko‘plab tadbirlar:

·         yoshlar uchun startap, ITda xotin-qizlarning o‘rni, sun'iy intellekt, IPv6 texnologiyasiga bag‘ishlangan sammitlar;

·         BPO autsorsingi, IT-ta'lim, elektron tijorat, investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha forumlar;

·         an'anaviy ICTEXPO 2023 AKT ko‘rgazmasi va boshqalar o‘tkaziladi.

Haftalikning asosiy voqealari yangi “CAEx” ko‘p vazifali ko‘rgazmalar markazida, shuningdek, IT-park majmuasi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadi.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Raqamli texnologiyalar vazirligining matbuot anjumanida shular haqida so‘z yuritildi.

Mobiuz mobil operatori an’anaviy tarzda haftalik tadbirlarida, xususan, ICTEXPO 2023 ko‘rgazmasida ishtirok etishini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

  



Ro'yxatga qaytish