Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Surxondaryoda Mobiuzʻning yangilangan ofisi ochildi (fotoreportaj)

Termiz shahrida Mobiuz mobil operatorining Xizmat koʻrsatish markazi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Eʼtiboringizga ofisning ochilish marosimidan fotoreportajni taqdim etamiz.

  

U Mobiuzʻning brend-platformasiga muvofiq butunlay oʻzgartirilgan toʻrtinchi ofis boʻldi. Bu yerda qulay sharoitlar, aholiga xizmat koʻrsatishning takomillashtirilgan standartlari joriy etilgan.

  

Mamlakatimizning janubiy mintaqasi aholisi va mehmonlari Mobiuz Xizmat koʻrsatish markazida barcha mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishlari, shu jumladan, mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin. Ofis qulay tarzda abonentlar (jismoniy shaxslar), korporativ mijozlar, tijorat hamkorlari va xodimlar uchun qismlarga boʻlingan.

Termiz shahridagi Mobiuz Xizmat koʻrsatish markazi qulay joyda – shaharning markaziy qismida, Gʻ.Xusanov koʻchasi, 32A uy manzili boʻyicha joylashgan 

Har kuni dam olishlarsiz va tushlik tanaffuslarisiz ishlaydi. Mehmonlar uchun qulay avtoturargoh mavjud.

Ro'yxatga qaytish