Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz yangi abonentlarga 100 000 megabayt sovgʻa qilmoqda

Mobil operator amaldagi va yangi abonentlar uchun manfaatli aksiyalar, mahsulot va xizmatlarni ishga tushirdi.

Mobiuz yangi abonentlarga 100 000 megabayt sovgʻa qilmoqda. Mobil operator amaldagi va yangi abonentlar uchun manfaatli aksiyalar, mahsulot va xizmatlarni ishga tushirdi.

Oʻzbekiston boʻylab cheksiz ijtimoiy tarmoqlar va qoʻngʻiroqlarni oʻz ichiga olgan «Xotirjam» tarif rejalari bilan birgalikda, Mobiuz abonentlarga bir qator yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Beshta qulay taklifga eʼtiboringizni qaratamiz:

1. “Xotirjamlikka +100” aksiyasi bepul bonus sifatida 100 000 megabayt mobil internet olish imkonini beradi. Buning uchun joriy yilning 14 oktyabrigacha (shu jumladan), quyidagi tarif rejalaridan biriga ulanish kerak xolos: Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100. Ushbu tariflardan biri bilan raqam faollashtirilgandan soʻng Mobiuz mobil ilovasida bonusni olish mumkin boʻladi.

2. Mobiuzʻga ulanganda “Cheksiz tungi internet sovgʻa tariqasida!” aksiyasi yana bir ajoyib bonus sifatida xizmat qilmoqda. Abonentlar 60 tun davomida soat 00:00 dan 08:00 gacha trafik sarflamagan holda mobil internetdan foydalanishlari mumkin. Tungi cheksizlikni faollashtirish yoki undan foydalanish uchun hech qanday toʻlov olinmaydi. Taklif joriy yilning 20 sentyabrigacha amal qiladi.

3. “Doʻstingizni olib keling” aksiyasi amaldagi abonentlar uchun juda qulay. Ular beshtagacha doʻstlarini Mobiuzʻga ulanishga taklif qilib, har biri uchun 5 000 MBdan (umumiy hisobda 25 000 MBgacha) bonus olishlari mumkin. Shu bilan birga, yangi taklif etilgan abonentlarning har biri ham 5 000 MB oladi va estafetani davom ettirishi mumkin. Batafsil maʼlumot ushbu havolada taqdim etilgan.

Mobiuzʻga ulanayotgan vaqtda “3+1” aksiyasi ham qoʻl keladi. Tarif rejasi abonent toʻlovini uch oy uchun darhol toʻlab, tarif rejasidan bepul foydalanish uchun bir oy (toʻrtinchi oy) ga ega boʻlish mumkin.

4. “Daqiqalarni megabaytlarga almashtirish” xizmati tarif rejasi doirasida ortiqcha (keraksiz) daqiqalarni internet-trafikka almashish imkonini beradi. Bunda bir daqiqa bir megabaytga teng. Almashtirish uchun *250# maxsus USSD-buyrugʻi ishlatiladi. Bitta almashtirish narxi atigi 2 ming soʻm.

Ro'yxatga qaytish