VoLTE ovozli aloqa uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Jumladan, abonentlar bir lahzada qo‘ng‘iroq qilib tushish va yuqori sifatli ovoz uzatishdan foydalanishlari mumkin.
Mobil qurilmalar yetkazib beruvchilarning global assotsiatsiyasi (GSA, https://gsacom.com/paper/lte-ecosystem-may-2023/) so‘nggi hisobotiga ko‘ra, dunyoda 293 ta uyali aloqa operatori VoLTEga sarmoya kiritmoqda va 238 tasi ushbu xizmatni ishga tushirgan. Mobiuz mobil aloqa operatori O‘zbekistonda 4G LTE tarmoqlarida VoLTEni joriy qilgan yagona operatordir.
VoLTE – bu operatorlar tomonidan qo‘ng‘iroqlar va abonentlar ovozlarini uzatish usuli. Buning uchun to‘rtinchi avlod tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalaniladi. Yaʼni, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda telefon oddiy holatda bo‘lgani kabi 3G/2G ga o‘tmaydi, balki 4G LTEda ishlaydi.
Bu abonentlarga bir qancha imtiyozlarni beradi.
Birinchidan, VoLTEdan foydalanganda ovoz sifati yaxshilanadi, chunki u yuqori tiniqlikdagi ovoz uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Telefon orqali suhbat qurayotgan insonlar o‘zlarini xuddi yuzma-yuz gaplashayotgandek xis qilishadi. Bunga atrofdagi shovqinni kamaytirish va tovush sifatini yaxshilash orqali erishiladi.
Mobiuz o‘zining Telegram-kanalida (https://t.me/MyMobiuz/4641) oddiy qo‘ng‘iroq va VoLTE orqali qo‘ng‘iroq qilish o‘rtasidagi farqni namoyish qildi.
Ikkinchidan, VoLTE orqali qo‘ng‘iroq qilganda deyarli bir zumda signal ketadi. Abonent raqamini tergandan bir necha soniya o‘tgach qo‘ng‘iroq gudoklarini eshitish mumkin. Agar xizmat o‘chirilgan bo‘lsa, smartfon avval 3G/2G tarmoqlariga o‘tadi, so‘ngra qo‘ng‘iroqqa ishlov beradi. Bu ulanish vaqtini uzaytiradi hamda smartfon batareya sarfiga taʼsir qilishi mumkin.
Kompaniya ushbu afzallikni maxsus videoreportajda (https://youtu.be/mEhqeNxK3k8?t=73) ko‘rsatib bergan.
Uchinchidan, qo‘ng‘iroq paytida 4G LTE mobil internetidan foydalanish mumkin.
Xizmat O‘zbekiston bo‘ylab ishga tushirilishi munosabati bilan Mobiuz VoLTEga ulanish shartlarini sezilarli darajada soddalashtirdi. Buning uchun kompaniya abonenti bo‘lish, 4G LTE qo‘llab-quvvatlovchi smartfonga ega bo‘lish va Mobiuz mobil ilovasida (https://s.mobi.uz/asii) xizmatni faollashtirish kifoya. Bir qator smartfonlarda xizmat qurilma sozlamalaridan ham yoqilishi kerak.
VoLTE dan foydalanish bepul. U Mobiuz korporativ mijozlari uchun ham amal qilmoqda.
Mobiuz maxsus Telegram-hamjamiyatida (https://t.me/ChatMobiuz) VoLTE va boshqa mobil xizmatlarga oid barcha savollarga javob beradi.