Biz ijtimoiy tarmoqlarda
VoLTE texnologiyasi O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi

Mobiuz mobil operatori VoLTE tijoriy xizmatini ko‘rsata boshlagan ilk operatorga aylandi.

VoLTE («Voice over LTE» dan qisqartma) – bu 4G LTE tarmoqlarida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiya hisoblanadi.

Ko‘p yillar davomida to‘rtinchi avlod tarmoqlariga faqat yuqori tezlikdagi internet taqdim etuvchi vosita sifatida qarab kelingan. 4Gdan foydalanayotgan paytda qo‘ng‘iroq bo‘lib qolsa, tarmoq avtomatik ravishda faqat 3G/2G ga o‘tib qolgan. VoLTE bunday noqulaylikni bartaraf etishga yordam beradi. U qo‘ngiroqlarga maʼlumotlar to‘plami sifatida ishlov beradi va internet-kanallari orqali bog‘lanishga imkon yaratadi.

VoLTEning bir qator ustunliklari bor:

- Qo‘ng‘iroq qilanayotgan abonent bilan bir zumda bog‘lanish. Raqam terib, atigi bir necha soniya ichida har qanday abonent bilan tezkor ravishda ulanish mumkin (unda VoLTE bo‘lmagan taqdirda ham).

- Telefon suhbati paytida o‘ta tiniq ovoz. Bir-biri bilan gaplashayotgan abonentlar o‘zlarini huddi hayotda yonma-yon turib suhbat qurayotgandek his qilishadi (ikkala abonentda ham VoLTE ishlashi kerak).

- Qo‘ng‘iroq paytida mobil internetdan foydalanish imkoniyati. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, telefonda gaplashayotganda Telegram orqali javob yozish, elektron pochtani tekshirish, onlayn o‘yinni davom ettirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bularning barchasi VoLTE yordamida ishlaydi.

“Mobiuz zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy etishga katta eʼtibor qaratmoqda. VoLTEni ishga tushirish – abonentlarimiz uchun qulayliklar yaratish yo‘lida katta qadam bo‘ldi. Biz bu orqali tijoriy maqsadlarni qo‘zlaganimiz yo‘q, xizmatga ulanish va undan foydalanish bepul. Maqsadimiz Mobiuz xizmatlari barcha uchun va har bir abonent uchun qulay bo‘lishida. VoLTE cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi”, - deya izoh berdi Mobiuz Bosh direktorining marketing va sotuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Birinchi bosqichda VoLTE xizmatidan Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan va raqamlari ushbu shaharlardan ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar foydalanishi mumkin. Xizmat Mobiuz mobil ilovasida (https://s.mobi.uz/asii) faollashtiriladi. Qolgan hududlarga VoLTE bosqichma-bosqich kiritilib boradi.

Mobiuz barchani VoLTE imkoniyatlarini sinab qo‘rishga, “Xotirjam” tarif rejalari bilan cheksiz ijtimoiy tarmoqlar va qo‘ng‘iroqlardan bahramand bo‘lishga taklif qiladi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar va savollar bilan 0890, (+998) 97 1300909 raqamlariga, Telegram‘dagi Mobiuz chat-botiga (https://t.me/chatmobiuz_bot) yoki Instagram Directga (https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan) murojaat qilishingiz mumkin.

Ro'yxatga qaytish