Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz vakillariga vazirlik tomonidan mukofotlar topshirildi

Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligida Aloqachilar kuniga bag‘ishlangan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bir guruh aloqa va axborot texnologiyalari sohasi xodimlari turli idoraviy mukofotlar bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida kompaniyamiz vakillari ham borligini quvonarli.

“O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan ikki nafar hamksabimiz taqdirlandi:

▼Mobiuz Bosh direktorining texnika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Abduraxmon Abduraxmonov;

▼Mobiuz’ning Fargo‘nadagi Xizmat ko‘rsatish markazi Texnik bo‘limi boshlig‘Ii Salimjon Saidaxmedov.

Shuningdek, quyidagi hamkasblarimiz idoraviy faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar:

▼Muhim mijozlar bilan ishlash departamenti direktori Andrey Say;

▼Hisob yuritish bo‘limi bosh buxgalteri Yelena Markelova;

▼Davlat muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Baxrom Dusmanov;

▼Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘ Viktoriya Mirzoyans.

Barchani chin qalbimizdan tabriklaymiz va ishlariga yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ro'yxatga qaytish