Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz yurtimizdagi ofislari tarmog'ini yangilashda davom etmoqda

Surxondaryo viloyatining Denov shahrida Mobiuz mobil operatorining yangilangan ofisi ochildi.

Denov shahri – respublikadagi eng yirik tumanlardan biri bo'lgan Denov tumanining ma’muriy markazi hisoblanadi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Denov tumani aholi soni boʻyicha respublikada ikkinchi oʻrinda turadi – bu yerda 409 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Denov shahrining o‘zi qadimiy Chag’oniyon manzilgohi o‘rnida joylashgan bo‘lib, sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadi.

Endilikda Denov tumani aholisi va mehmonlariga Mobiuz’ning yangilangan ofisi xizmat ko‘rsatadi. O‘tgan bir yil davomida bu yerda kompaniya brend platformasiga muvofiq to‘liq rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ikki qavatli ofis binosining ichki qismida zamonaviy Hi-Tech uslubi qo'llanildi. Mobiuz brendbuki asosida oq, och kulrang va qizil ranglar kombinatsiyasi ishlatildi.

Bo‘linmalarning joylashuvi va xodimlarning ish joylari to‘liq o‘zgartirildi, zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlari joriy etildi. Natijada, ofisga tashrif buyuruvchilar – abonentlar, korporativ mijozlar, tijorat hamkorlari birinchi daqiqalardanoq mehr va e'tiborni his qilishlari mumkin.

Ofisning rasmiy ochilish marosimida Mobiuz kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Yoqubjon Saydaliyev so‘zga chiqdi. U kompaniya O‘zbekistonda AKT sohasida yaratilgan imkoniyatlardan muvaffaqiyatli foydalanayotganini va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirayotganini ta’kidladi. Operatorning asosiy e’tibori aloqa sifatini yanada oshirish, yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish, aholi va abonentlarga qulaylik yaratishga qaratilgan.

Denovdagi ofis to'liq modernizatsiyadan keyin so'nggi olti oy ichida ochilgan uchinchi ofis bo'ldi (bundan avval kompaniya Samarqand va Urganchda ofislarini yangilagandi). Bu yerda raqamlarni ulash, almashtirish va tiklash, chiroyli raqamlarni chegirmalar bo‘yicha, shuningdek, haqini ikki yilgacha qismlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Korporativ va boshqa xizmatlar ham abonentlarga muntazir.

Denov shahridagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish ofisi manzili – Sh.Rashidov ko‘chasi, 238A-uy. U har kuni dam olishlarsiz soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

Ro'yxatga qaytish