Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Metroda Mobiuz aloqaci ishlay boshladi

Mobiuz abonentlari Toshkent metropolitenining yerosti bekatlarida mobil internetdan foydalanishlari va qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

“Metroga tushyapman, chiqishim bilan sizga qo‘ng‘iroq qilaman”. Bu ibora ko‘pchilik uchun tanish, lekin u tobora o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda. Mobil aloqa yer ostiga ham kengroq kirib bormoqda va minglab yo‘lovchilarga zarur xizmatlarni taqdim etishga yordam bermoqda.

Mobiuz mobil aloqa operatori o‘z abonentlari – Toshkent shahri aholisi va mehmonlarini 31 ta yerosti metro bekatida ovozli aloqa va mobil internet bilan taʼminlay boshladi. Undan foydalanish uchun abonentlar qandaydir qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirishlari talab etilmaydi.

Metroda tarmoq ishga tushirilishi tufayli kunning istalgan vaqtida poyezdlarni kutish vaqti mazmunliroq o‘tadi. Abonentlar telefon orqali muloqot qilishlari, internetda video ko‘rishlari, qarindoshlari bilan aloqada bo‘lishlari va hatto videoqo‘ng‘iroqlar orqali ham o‘z joylashuvlari haqida xabar berishlari mumkin. Internetga ulanish 4G LTE/3G tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.

“Mobiuz o‘z tarmoqlari qamrovini kengaytirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Hususan, o‘tgan bir yil davomida respublika bo‘ylab 580 dan ziyod yangi joylashuvlarda aloqa obyektlarimiz paydo bo‘ldi. Lekin bizning ustuvor vazifalarimiz yangi texnik obyektlarni nafaqat "yer ustida" ishga tushirishdir. Ancha vaqt "yer osti"ni, yaʼni metropolitenni aloqa bilan taʼminlash loyihasi ustida ustuvor vazifa sifatida ishladik. Har kuni 350 000 ga yaqin odam metro xizmatlaridan foydalanadi, ular ichida Mobiuz abonentlari ham ko‘p. Ular doimiy aloqada bo‘lishlari muhim”, — deya taʼkidladi Mobiuz Bosh direktorining texnika va AT bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov.

Metroga aloqani olib qirish loyihasi texnik jihatdan MORAN (Multioperator Radio Access Network) texnologiyasi asosida amalga oshirildi. Unga ko‘ra, bir nechta uyali aloqa operatori uskunalar, radio ulanish quyi tizimi va transport tarmog‘idan birgalashib foydalanadi. Lekin bunda har bir operator o‘z chastotalariga ega bo‘ladi va aloqa sifatini mustaqil ravishda boshqaradi.

So‘nggi bir necha oy ichida Mobiuz texnik xodimlari metroda aloqa sifatini faol sinovdan o‘tkazdi. U ishga tushirilgandan so‘ng doimiy monitoring olib borilmoqda, turli stansiyalarda yuklanish ko‘rsatkichlari baholanmoqda. Zarur bo‘lganda, tarmoq takomillashtirilib boriladi.

Kelgusida metroda aloqa rivojlanishi sayin barqaror signal nafaqat bekatlarda, balki poyezdlar yo‘nalishidagi ko‘p kilometrlik tunnellarda ham paydo bo‘ladi.

Mobiuzning barcha so‘nggi yangiliklarini kompaniya Telegram-kanalida (https://t.me/mymobiuz) o‘qing.

Ro'yxatga qaytish