Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz delegatsiyasi Mobile World Congress 2023’da ishtirok etmoqda


Barselonada (Ispaniya) mobil sohadagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri – Mobile World Congress (MWC) boshlandi.

MWC – bu ilg'or texnologiyalarning global ko'rgazmasi va telekommunikatsiya sohasini rivojining so'nggi yutuqlariga bag'ishlangan bir qator tadbirlardir (konferentsiyalar, sammitlar, seminarlar). Har yili o‘tkaziladigan kongressni tashkilotchisi – GSM Assotsiatsiyasi (GSMA). Mobiuz mobil operatori ushbu tashkilotning to‘liq huquqli a’zosi hisoblanadi.

Mobiuz delegatsiyasi GSMA taklifiga binoan Barselonaga yetib keldi va 26-fevral kuni kongressning “nolinchi kuni” tadbiri – Green ICT Development sammitida ishtirok etdi. Kompaniya vakillari joriy yilning 27-fevralidan 2-martiga qadar MWC’ning asosiy tadbirlarida ham qatnashishni rejalashtirgan.

Mobiuz’ning Tarmoq rivojlantirish departamenti direktori Vladimir Tsay:

“Bugungi kunda kompaniyamizning Mobile World Congress’dagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega. 2021-2024 yillarda Mobiuz Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. U yangi texnologiyalarni joriy etish, uskunalarni yangilash, aholini 4G LTE tarmog‘i bilan maksimal qamrab olish va 5G imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan.

Kongress va ko‘rgazma bilim va tajriba almashish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston sharoitida amalga oshirish uchun yangi g‘oyalar va texnologiyalarni topish imkonini beradi. Shu munosabat bilan ko‘rgazma va kongress ishtirokchilari bilan faol muzokaralar olib borish rejalashtirilgan. 28-fevral kuni esa MWC 2023 doirasida biz Mobiuz’ni yanada texnik rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha bir qator muhim hujjatlarni ham imzolaymiz”.

2023-yilda Mobiuz mobil operatori aloqa sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar hajmini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarni uzatish xizmatlari 4G LTE va 5G tarmoqlariga o‘tkazilishi hisobiga kengayadi. O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq yangi joylarda ayanch stansiyalari paydo bo‘ladi va mavjud obyektlarda uskunalarni yangilash davom ettiriladi.

Mobile World Congress 2023 doirasida erishilgan kelishuvlar ushbu maqsadlarga samarali erishishga xizmat qiladi.

Ro'yxatga qaytish