Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz faoliyatining 8 yilligini nishonlamoqda

2022-yilning 1-dekabrida Mobiuz o‘zining navbatdagi tug‘ilgan kunini nishonlamoqda va abonentlarga bayram syurprizlarini taqdim etmoqda.

Mobiuz – zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy etishga katta e’tibor beradigan innovatsion kompaniya. Operatorining shiorlaridan biri “Innovatsiyalar bilan aloqa” deb bejiz tanlanmagan.

Xususan, 2021-yilda Mobiuz aloqa bozorda birinchi bo‘lib eSIM xizmatini joriy qildi. 2022-yilda Mobiuz’ning 5G tarmog‘i tijoriy foydalanishga topshirildi, u hozirda Toshkentning 17 ta joyida ishlaydi. ICTEXPO 2022 ko‘rgazmasida kompaniya birinchi bo‘lib VoLTE texnologiyasi imkoniyatlarini namoyish etdi va tez orada ushbu xizmatni tijoriy ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Mobiuz mahsulot va xizmatlar ekotizimini faol rivojlantirmoqda. Mobiuz, MobiMusic, MobiCinema kabi mobil ilova va xizmatlari operatorga abonentlarning raqamli imkoniyatlarini kengaytirish imkonini bermoqda.

6,9 milliondan ortiq abonent hozirda Mobiuz xizmatlaridan foydalanmoqda. Bu uyali aloqa operatorining zamonaviy va qulay mahsulot va xizmatlarni joriy etishga intilishi natijasidir.

1,8 mingdan ko‘proq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari kompaniyaning tijorat hamkorlari hisoblanadi. Shunday ekan, Mobiuz ko‘magida aholi mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish sohasida o'z biznesini yo'l qo'yib, uni rivojlantirib kelmoqda.

Turli standartlardagi 11 mingdan ortiq Mobiuz tayanch stansiyalari aholini mobil aloqa va mobil internet xizmatlari bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda. Ulardan 4 mingga yaqini Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida bir yarim yil ichida ishga tushirilgan.

O‘zbekistonda aholi yashaydigan hudularning 96,3 foizi Mobiuz aloqasi bilan qamrab olingan bo‘lsa, mamlakatimiz aholisining 88 foizi 4G LTE tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega. Qiyoslash uchun: 2022-yil boshida to‘rtinchi avlod tarmog‘ining qamrov darajasi atigi 63,6 foizni tashkil etayotgandi.

Mobiuz jamoasida 1,6 mingdan ortiq o‘z sohasi mutaxassislari mehnat qiladi va aynan ular kompaniyaning barcha muvaffaqiyat va yutuqlari ortida turibdi. Kompaniya yoshlar va mutaxassislarning o‘zini namoyon qilishi va martabasi o‘sishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bergan jozibador ish beruvchi hisoblanadi.

Mobiuz mobil operatori barcha abonentlari va korporativ mijozlariga, biznes va tijorat hamkorlariga ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi!

Sakkiz yilligi munosabati bilan Mobiuz ko‘plab kutilmagan sovg‘alar – yangi aksiyalar, tarif rejalari va xizmatlarini xozirlab qo‘ygan. Bugundan, ya’ni 1 dekabrdan boshlab, kompaniya bir vaqtning o'zida yangi va amaldagi abonentlar ajoyib yangiliklarni taqdim etishni boshlaydi.

Kompaniyaning soʻnggi yangiliklari bilan MyMobiuz rasmiy Telegram kanali (https://mymobiuz.t.me) va www.mobi.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Mobiuz rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda, zero sakkiz raqami ishonchlilik, yangilanish va tiklanishni anglatadi. Kompaniya yanada ishonchli va mehribon bo'lishni, ilg'or mahsulot va xizmatlarni taqdim etishni, o'zini va boshqalarni o‘zgartirishni maqsad qilgan.

 

Ro'yxatga qaytish