Biz ijtimoiy tarmoqlarda
“Baxtliman”: uzoq vaqt qidirilgan Mobiuz abonenti haqida hikoya

Tasavvur qiling, oddiy kun, siz kundalik ishlaringiz bilan bandsiz, telefon jiringlaydi va liniyaning narigi tomonidagi ovoz sizga aksiyada yutganingiz va pul yoki avtomobil egasiga aylanganingiz haqida xabar beradi. Sizning munosabatingiz qanday bo'lardi: xayrat, shubha yoki quvonch? Ehtimol, hammasi birdaniga.

Mobiuz mobil operatori har yili o'z abonentlariga shunday hissiyotlarni hadya etadi. Bugungi kunga qadar kompaniyaning 171 abonentiga omad kulib boqdi va ular Mobiuz’dan yirik aksiyalar g‘olibiga aylanishdi.

Kompaniya g‘oliblarning hikoyalaridan ilhomlanib, “Baxtliman” loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida g'olib bo'lgan abonentlarning hayotiy voqealari o‘z aksini topmoqda.

Loyihaning yana bir qahramoni – 2019-yilda “AvtoMOBI” aksiyasi g‘olibi bo‘lgan namanganlik Ahmadjon. U butun shahar uni qanday qidirgani, sovrinni olganidan keyin hayotida qanday o‘zgarishlar yuz bergani va mashinani nima qilgani haqida hikoya qilib berdi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=adDOTzab0GM
Ro'yxatga qaytish