Joriy yilda Mobiuz aloqa sifatini yanada oshirish bo‘yicha ishlar hajmi va ko‘lamini kengaytirmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi bilan investitsiya loyihasi doirasida chora-tadbirlarni jadal amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, 4G LTE tarmoqlari qamrovini kengaytirish va sig‘imini oshirish davom etmoqda. 2022-yilning 5-yanvaridan 16-yanvariga qadar mobil operator Farg‘ona, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 30 dan ortiq tayanch stansiyalarini tijoriy foydalanishga topshirdi.
Farg'ona viloyati
-
Dang‘ara tumani: Xo‘jaqishloq va Chinobod qishloqlari;
-
Farg‘ona tumani: Oqbilol, Xonqiz va Shoximardonobod qishloqlari.
-
Rishton tumani, Jaloyer qishlog‘i.
Namangan viloyati
-
Kosonsoy tumani: Gurmiron va Qorasuv QFY;
-
Uchqo‘rg‘on tumani, Qo‘gay QFY;
-
Chortoq tumani: Chortoq shahridagi Ibn Sino ko‘chasi, Oyqo‘rg‘on MFY, Alixon va Bog‘iston QFY.
Qashqadaryo viloyati
-
Kitob tumani: Denov, Varganza, Qaynar, Makrid, Saroy, Xalovat qishloqlari;
-
Ko‘kdala tumani: Koʻkdala, Paxtalisoy, Xushali, Shoʻrquduq qishloqlari, Xoʻjaobod aholi punkti;
-
Qamashi tumani, Chimqo‘rg‘on aholi punkti;
-
Yakkabogʻ tumani: Ishkent, Qozoq, Chubron qishloqlari;
-
Shahrisabz tumani: Miraki va Achchigi qishloqlari.