Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz 4G LTE tarmoqlarini kengaytirishni davom etmoqda

Joriy yilda Mobiuz aloqa sifatini yanada oshirish bo‘yicha ishlar hajmi va ko‘lamini kengaytirmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi bilan investitsiya loyihasi doirasida chora-tadbirlarni jadal amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xususan, 4G LTE tarmoqlari qamrovini kengaytirish va sig‘imini oshirish davom etmoqda. 2022-yilning 5-yanvaridan 16-yanvariga qadar mobil operator Farg‘ona, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 30 dan ortiq tayanch stansiyalarini tijoriy foydalanishga topshirdi.

Farg'ona viloyati

  • Dang‘ara tumani: Xo‘jaqishloq va Chinobod qishloqlari;

  • Farg‘ona tumani: Oqbilol, Xonqiz va Shoximardonobod qishloqlari.

  • Rishton tumani, Jaloyer qishlog‘i.

 

Namangan viloyati

  • Kosonsoy tumani: Gurmiron va Qorasuv QFY;

  • Uchqo‘rg‘on tumani, Qo‘gay QFY;

  • Chortoq tumani: Chortoq shahridagi Ibn Sino ko‘chasi, Oyqo‘rg‘on MFY, Alixon va Bog‘iston QFY.

 

Qashqadaryo viloyati

  • Kitob tumani: Denov, Varganza, Qaynar, Makrid, Saroy, Xalovat qishloqlari;

  • Ko‘kdala tumani: Koʻkdala, Paxtalisoy, Xushali, Shoʻrquduq qishloqlari, Xoʻjaobod aholi punkti;

  • Qamashi tumani, Chimqo‘rg‘on aholi punkti;

  • Yakkabogʻ tumani: Ishkent, Qozoq, Chubron qishloqlari;

  • Shahrisabz tumani: Miraki va Achchigi qishloqlari.

Ro'yxatga qaytish