Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz firibgarlik haqida ogohlantiradi

Mobiuz mobil aloqa operatori Internetda kompaniya nomidan turli xil boyib ketish sxemalarini taklif qiluvchi yolg‘on veb-saytlar paydo bo‘lganligi haqida ogohlantiradi.

Foydalanuvchilarni chalg‘itish maqsadida ushbu veb-saytlarda Mobiuz, uning rasmiylari yoki rahbariyati keltirib o‘tilgan, lekin saytlarning o‘zi “.uz” domenidan tashqarida joylashgan. Firibgarlar saytlarida yirik kompaniyalarning investitsiya loyihalarida qatnashish imkoniyati, aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarini xarid qilib, boyib ketish haqida yolg'on ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Xususan, yaqinda Mobiuz’ning logotipi, korporativ ranglari va uslubidan foydalangan holda ochilgan mobiuzinvestuz.ru veb-saytida foydalanuvchilarga kompaniya nomidan moliyaviy holatini yaxshilashning turli usullari taklif etilmoqda.

Mobiuz mobil aloqa operatori ogohlantiradi: kompaniya moliyaviy loyihalarga hamda foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini, shu jumladan pasport ma'lumotlarini, plastik karta raqamlarini, uyali telefon raqamlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni kiritishi shart bo'lgan veb-saytlarga hech qanday aloqasi yo'q!

Mobiuz mobil aloqa operatorining Internetdagi rasmiy manbasi www.mobi.uz veb-sayti bo‘lib, u yerda kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlar joylashtirilgan. Mobiuz yoki uning mansabdor shaxslari nomidan ishlaydigan har qanday boshqa veb-saytlar noqonuniy hisoblanadi va foydalanuvchilar uchun xavf tug‘diradi.

Foydalanuvchilarga minimal sarmoyalar hisobidan tezda boyib ketish, pul yoki moddiy sovrinlarni yutish, har qanday sovrinli o‘yinlarda garov o‘ynash va h.k. taklif qilingan veb-sayt va sahifalarga ishonmasligingizni iltimos qilamiz. Aks holda, siz o'zingizning shaxsiy ma'lumotlaringizni begona shaxlarga berib yuborish natijasida firibgarlarning qurboniga aylanishingiz mumkin. Ular sizning plastik kartalaringiz, bank va onlayn hisob raqamlaringizdan mablag'larni o‘g‘irlashlari mumkin.

Agar Mobiuz nomidan sizga har qanday shubhali operatsiyalar yoki loyihalarni taklif qilishsa, pasport ma'lumotlaringiz, plastik kartalaringiz haqida ma'lumot so'rashsa, mobil telefon raqamini kiritishni iltimos qilishsa zudlik bilan quyidagi vositalar orqali kompaniyaga murojaat qiling:

 Mobiuz aloqa markazi: 0890, (+998) 97 1300909;

 veb-saytimizdagi aloqa shakli: https://company.mobi.uz/ru/feedback/;

 Bosh direktorning virtual qabulxonasi https://mobi.uz/ru/reception/;

 Facebook’dagi sahifamiz: https://fb.com/mobiuz.uzbekistan;

 Instagram’dagi akkauntimiz: https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan.

Ro'yxatga qaytish