Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz'ning yangi BS o'rnatildi
Bir hafta ichida – mazkur yilning 6-aprelidan 12-apreligacha – Mobiuz mobil operatori respublika bo‘yicha 21 ta baza stansiyasini ishga tushirdi.

Ularning joylashuvlari haqidagi ma’lumot:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Nukus shahri, Qizketken mavzesi;
  • Amudaryo tumani, Jumurtau va Qilichboy qishloqlari, Mang‘it shahridagi Qilichboy ko‘chasi.
Namangan viloyati
  • Namangan shahri, Qo‘qumboy ko‘chasi. 
Surxondaryo viloyati
  • Denov tumani, Xazarbog' qishlog'i;
  • Qiziriq tumani, Paxtakor va Yangi Hayot qishoqlari;
  • Qumqo‘rg‘on tumani, Munchoqtepa mahallasi;
  • Termiz tumani, Gulbahor mahallasi;
  • Sho‘rchi tumani, Elobod SFU.
Xorazm viloyati
  • Bog‘ot tumani, Beshganik qishlog‘i;
  • Urganch tumani, Yuqori Do‘rmon qishlog‘i;
  • Xiva tumani, Xiva shahrining Aylanma ko‘chasi;
  • Yangiariq tumani, Kattabog‘ qishlog‘i.
Qashqadaryo viloyati
  • Qarshi shahri, Yangi Turmush ko‘chasi;
  • Kitob tumani, Varganza, Nurafshon va Alakuylak qishloqlari;
  • Chiroqchi tumani, Uymovut qishlog‘i.
Yangi baza stansiyalarini ishga tushirish ishlari davom etmoqda. Yangiliklarimizni kuzatib boring.
Ro'yxatga qaytish