Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS ning markaziy ofisida Artel sotuvlari uchun shop-in-shop zonasi ochildi

Shop-in-shop konsepsiyasi Artel mahsulotlari afzalliklarini yaqqol namoyish etish imkonini beradi. UMS ofisida mobil qurilmalar va gajdetlarning keng assortimenti, shu jumladan, eng so‘nggi hisoblangan Artel P5 yangi flagmani havola etilgan.

Endilikda aholiga mobil aloqa va mobil qurilmalar bozori xizmatlarining butun spektridan foydalanish kabi qulayliklar UMS mobil operatorining ofisida taqdim etilmoqda. Kompaniya Artel  milliy ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda mobil qurilmalarni sotish va xizmatlarni ilgari surish bo‘yicha maxsus zonani ishga tushirdi.  Kuni kecha UMS ning markaziy ofisida Artel sotuvlari uchun shop-in-shop zonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
UMS mobil operatori “An’anaviy ofislardan “aqlli ofislar”gacha” strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda. U sotuvlar salonlarida multixizmatlarni bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutadi. Ular abonentlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini sezilarli soddalashtiradi va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
 
Kompaniyannig markaziy ofisida Artel mobil qurilmalarining  sotuvi bo‘yicha maxsus zonaning ishga tushirilishi shu yo‘lda olib borilayotgan navbadagi yorqin voqea bo‘ldi. Rasmiy ochilish marosimida ikkala kompaniyaning top-menedjerldari va xodimlari, hamkorlar, soha ekspertlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, smartfonlarning faol foydalanuvchilari hamda abonentlar ishtirok etishdi.
 
"UMS" MChJ ofis sotuvlari va xizmat ko‘rsatish  departamenti direktori Denis Linkevich:  
 
- Bugun biz uchun ramziy bayram bo‘lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi bosqichi boshlanmoqda. Navbatdagi hamkorimiz mamlakatimizning yirik mobil qurilmalari ishlab chiqaruvchisi  Artel kompaniyasi bo‘ldi. Endi rasmiy kafolatga ega Artel  smartfonini sotib olishdan boshlab uyali aloqaga ulanishgacha butun jarayon bir joyda amalga oshiriladi.  Turli toifadagi abonetlarning talabariga javob beradigan zamonaviy mobil qurilmalarinig turkumi maxsus zonada taqdim etilgan. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganidan so‘ng biz mazkur tajribani UMS ning respublikadagi boshqa ofislarida ham qo‘llamoqchimiz.
 
Shop-in-shop konsepsiyasi Artel mahsulotlari afzalliklarini yaqqol namoyish etish imkonini beradi. UMS ofisida mobil qurilmalar va gajdetlarning keng assortimenti, shu jumladan, eng so‘nggi hisoblangan Artel P5 yangi flagmani havola etilgan. Tashrif buyuruvchilar va abonentlar barcha qurilmalarni mustaqil tekshirib ko‘rishi mumkin.

Shop-in-shop maslahatchilari telefon va aksessuarlarni tanlash hamda zarur dasturlar va ilovalarni o‘rnatishda yordam beradi. Ularning asosiy vazifasi qurilmani har bir xaridor uchun maxsus sozlab berishdan iborat.

Artel korporativ sotuvlar departamenti direktori o‘rinbosari Mahfuza Ziyoviddinova:

- Bozordagi yetakchi mavqelarni saqlab qolish uchun muntazam o‘z ustida ishlash, yangi loyihalar va g‘oyalarni amalga oshirish  kerak. Bevosita UMS mobil operatorining ofislarida mobil gadjetlarni sotish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihamiz aynan shu talablarga javob beradi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Artel mobil qurilmalari UMSning ko‘p sonli abonentlari uchun yanada jozibali bo‘lib bormoqda.
 
Aytish kerakki, shop-in-shop sotuvining ishga tushirilishi shu kunlarda, UMS va Artel ning hamkorlikdagi aksiyasi o‘tkazilayotgan paytda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy brendning smartfonini sotib olganlar uchun mobil operatori foydali bonuslar taqdim etadi.

Ro'yxatga qaytish