Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS ning tijoriy hamkorlari mobil xizmatlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishmoqda

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – iqtisodiy o'sish va xalq farovonligiga ijobiy ta'sir qiluvchi salmoqli kuchdir. Ular sog'lom raqobatni yuzaga keltirib, tovarlar va xizmatlar bozori kengayishiga, aholi bandligining oshishiga xizmat qiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari  rivojlanishini “UMS” mobil operatori faol qo'llab kelmoqda. Tijorat vakillari bilan hamkorlik doirasida kompaniya ular faoliyati uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratmoqda.

Tijorat vakili. “UMS” mobil operatori o'z tijorat hamkorlarini aynan shunday ataydi. Kompaniya uchun ular aholiga mobil aloqa xizmatlari ko'rsatish, biznesni rivojlantirish, “UMS”ning geografik joylashuvini kengaytirishda teng huquqli hamkorlardir. Bu “UMS” mobil operatori Toshkent shahridagi tijorat vakillari bilan o'tkazgan navbatdagi uchrashuvida ta'kidlandi.  Aloqa tarixi muzeyida o'tgan an'anaviy tadbirning maqsadi 2017 yilning birinchi choragidagi hamkorlik faoliyati natijalari, shuningdek, tijorat vakillarning aloqa xizmatlarini yanada rivojlantirish bo'yicha fikr va takliflarini  muhokama qilishdan iborat edi.

Ta'kidlanganidek, ayni paytda respublikamiz bo'yicha “UMS” tijorat vakillarining soni 870 tadbirkorlik sub'ektidan ziyod bo'lsa,  «O'zbekiston pochtasi» AJning 14 ta viloyat bo'linmalari ham mobil operator vakillaridir.

 Poytaxtimizdagi «Qaxramon Inter Servis»  xususiy korxonasi “UMS”ning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tijorat vakillaridan biri. Kuni kecha  mazkur korxona Toshkent shahrining Yashnaobod tumanida yangi sotuv salonini ochdi. U Yangiobod oziq-ovqat bozori yaqinida joylashgan bo'lib, har kuni soat ertalab 8 dan kechki 22 gacha ishlaydi.

“UMS” kompaniyasi tijorat vakillarining ko'rsatilayotgan xizmatlarni optimallashtirish masalasiga oid fikr va takliflarini o'rganishga katta e'tibor beradi. Kompaniyaning bir qator manfaatli mahsulotlari va xizmatlari aynan tijorat vakillarining tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Chunki aynan ular iste'molchilar bilan yaqin aloqa qiluvchi bo'g'inlardan biri hisoblanadi.

Tijorat vakillari bilan bu kabi uchrashuvlarni “UMS” yil davomida respublikamizning barcha hududlarda muntazam o'tkazadi. Kompaniyaning yaqin rejalari orasida tijorat vakillari savdo tarmog'ini optimallashtirish, faol va yangi vakillarni yanada rag'batlantirish ko'zda tutilgan.

Ro'yxatga qaytish