Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS Toshkent viloyatining yangi ma'muriy markazida o'z qamrovini kengaytirmoqda

Toshkent viloyati  – katta iqtisodiy salohiyat va  ulkan imkoniyatlarga ega hududdir. Yaqinda To'ytepa shahri uning ma'muriy markaziga aylandi. Shaharni  ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, xizmat ko'rsatish va servis sifatini oshirish, aholi uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish – ham davlat idoralari, ham xususiy sektorning ustuvor vazifasidir. “UMS” mobil operatori ushbu hudud aholisini sifatli aloqa bilan ta'minlashga o'z hissasini ko'shmoqda.  

Ushbu hudud aholisini sifatli aloqa va xizmatlar bilan ta'minlashdan “UMS” mobil operatori ham manfaatdor. Qo'yilgan maqsadga intilayotgan kompaniya barcha mavjud va bo'lajak abonentlarga o'z xizmatlarini maksimal darajada arzon va qulay qilishga harakat qilmoqda. Aynan To'ytepa shahrida “UMS”ning sotish va xizmat ko'rsatish ofisi ochildi. U Toshkent yo'li ko'chasida joylashgan bo'lib, mijozlarga ish kunlari soat 9 dan 18 gacha xizmat ko'rsatadi. “UMS” Ofisi bu yerga kelgan har odam barcha xizmatlarni qulay sharoitda  olishiga mo'ljallab jihozlangan. Kompaniya xodimlari abonentlarga tarifni tanlash, opsiyalar va xizmatlarga ulanish, chiroyli raqamlarni qarzga rasmiylashtirish, SIM-kartani almashtirish, mobil aloqaga oid barcha masalalar bo'yicha maslahat kabi xizmatlarni ko'rsatadi.

“Viloyatlarda geografik joylashuvni ko'paytirish “UMS” mobil operatorining rivojlanish strategiyalari yo'nalishlaridan biridir. Xususan, joriy yil uchun kompaniya tomonidan o'z savdo va xizmat ko'rsatish ofislari tarmog'ini yanada kengaytirish, hamda tijorat hamkorlarning sotuv punktlarini ko'paytirish bo'yicha strategik reja ishlab chiqilgan. Bunda ularni respublikamizning  nafaqat yirik, balki kichik shaharlarida ochish ham ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, “UMS” bosqichma-bosqich ravishda monobrend ofislardan multibrendlariga o'tishni ham maqsad qilgan. Ya'ni boshqa mobil operatorlari dilerlari bilan ham bizning xizmatlarni ko'rsatish to'g'risidagi kelishuvlar imzolanadi. 

To'ytepa shahriga kelsak, bu yerda kompaniya yangi xizmat ko'rsatish markazini ochish niyatida. Shunday qilib, u “UMS”ning Toshkent viloyatidagi bosh ofisi bo'ladi. Shuni qo'shimcha qilmoqchimanki, bugungi kunda respublikamiz bo'yicha “UMS” mobil operatorining 40 dan  ziyod rasmiy vakolatxonalari hamda tijorat hamkorlarning 1000 dan ortiq sotuv punktlari bor. Abonentlar va bo'lajak mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ular odam gavjum joylarda, savdo do'konlari, ko'ngilochar muassasalar va umumiy ovqatlanish muassasalari yaqinida joylashgan. Abonentlar shunchaki sayr qilish yoki xarid qilish uchun chiqqanlarida ham bizning ofislarimizga murojaat qilishlari mumkin”, – deya ta'kidladi “UMS” MCHJ ofis sotuvlari va xizmat ko'rsatish Departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Mansur Odilxo'jayev.

Zamonaviy mobil xizmatlarni ko'rsatayotgan “UMS” kompaniyasi aloqa sifatini yanada oshirishga katta e'tibor qaratadi. Ayni paytda O'rta Chirchiq tumani hududida “UMS”ning 17 ta bazaviy stansiyasi ishlab turibdi, ularning 3 tasi aynan To'ytepa shahrida joylashgan. Operator shu bilan cheklanib qolmoqchi emas, balki shu yilning o'zidayoq O'rta Chirchiq tumanidagi tarmog'ini yanada rivojlantirishga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Bitta bazaviy stansiyani o'rnatish uchun mobil operatorga kamida 6 oy vaqt kerak bo'ladi. Ishning asosiy qismi muvofiqlashtiruvchi organlardan ruxsatnoma olish bilan bog'liq. Jumladan, operator Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazidan ham ruxsatnoma olishi zarur. Ushbu markaz bazaviy stansiya uning  atrofida yashovchi aholiga qanchalik havfsizligini tekshiradi. Har bir bazaviy stansiya  o'z sanitar pasportiga ega bo'ladi, va bu hujjat stansiya inson hayoti uchun mutlaqo havfsizligidan dalolat beradi. Shunday qilib, “UMS” mobil  operatori aholiga ko'rsatilayotgan aloqa sifatini ko'tarishda davom etadi. Kompaniya ko'zlangan rivojlanish rejasini tezkorlik bilan amalga oshirishni maqsad qilgan.  

Ro'yxatga qaytish