Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS Bosh direktori virtual qabulxonasini ochdi
UMS mobil operatorining rasmiy www.ums.uz saytida kompaniyaning Bosh direktori Srajitdin Sayfutdinovich Faxrutdinovning virtual qabulxonasi ishga tushdi. Virtual qabulxona orqali jismoniy va yuridik shaxslar «UMS» MChJ rahbariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.

UMS Bosh direktori virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan barcha murojaatlar rasmiy maqomga ega bo‘ladi. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus elektron shakl yaratilgan, shuningdek, murojaat xolatini tekshirish imkoniyati mavjud. Virutal qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarni ob’ektiv tarzda va vaqtida ko‘rib chiqish tartibi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablari bilan belgilanadi. 

«Tarmoqlarni faol rivojlantirish va yangi mahsulotlarni joriy qilish bilan bir qatorda mijozlar bilan ishlash kanallarini kengaytirish, ularning fikr va takliflarini bilish yo‘lida tinimsiz ish olib bormoqdamiz. Shuning uchun ham konstruktiv suhbatga tayyorlik, iste’molchilarning mamnuniyat darajasini doimiy aniqlash va ularning ishonchiga mos bo‘lishga intilish faoliyatimizda muhim o‘rin egallaydi, – deydi «UMS» MChJ Bosh direktori Srajitdin Faxrutdinov. – Hususan, virtual qabulxona teskari aloqa vositalari bilan birga barcha qaziqtirgan savollarga javob olish, taklif va tashabbus bilan chiqish, dolzarb mavzu bo‘yicha o‘z fikrini erkin izhor qilish imkoniyatini taqdim etadi». 

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, «UMS» MChJda abonentlar bilan doimiy aloqa bo‘lib turish uchun boshqa vositalar ham amal qilmoqda. Hususan, 24-7 rejimida call-markaz ishlab turibdi, Davra, Facebook va Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifalar faoliyat olib boryapti, kompaniyaning rasmiy saytida teskari aloqaning maxsus shakli hamda eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar ham mavjud.

Fuqarolarning yozma murojaatlari respublika bo‘yicha joylashgan kompaniyaga qarashli ofislarda ham qabul qilinadi. Bundan tashqari, kompaniya rahbariyati respublikamiz hududlari aholisi bilan doimiy tarzda sayyor uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda, shuningdek, kompaniya va hududiy bo‘linmalar rahbarlari fuqarolarni qabul qilish mexanizmi ham yo‘lga qo‘yilgan. 
Ro'yxatga qaytish