Faqat 25 martdan 1 aprel yakuniga qadar tarif rejalari yoki qo‘shimcha to‘plamlar doirasida limitlari yakunlangan UMS abonentlari – jismoniy va yuridik shaxslar uchun xizmatlarning yangi narx va shartlari amal qilmoqda. Hususan, shu kunlarda 1 MB mobil Internet narxi soat 08:00dan 00:00gacha atigi $0,0055ni, 00:00dan 08:00gacha esa yanada kamroq – $0,0004ni tashkil qiladi. Shunday qilib, 1000 MB narxi avvalgi $10 o‘rniga kunduzi atigi $5,5ni, tunda esa $0,4ni tashkil qiladi!
Huddi shunday o‘zgarishlar chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va uzatilayotgan SMS-xabarlarga ham taaluqli. Abonentda tarif rejasi bo‘yicha yoki alohida daqiqalar to‘plami faol holatda bo‘lmasa (yakunlangan bo‘lsa), chiquvchi ko‘ng‘iroqlarning 1 daqiqasi atigi $0,0133ni tashkil qiladi (shunda 100 daqiqa $1,33ni tashkil qiladi). Aksiya o‘tkazilayotgan paytda 1ta chiquvchi SMS-xabar narxi $0,008ga teng bo‘ladi.
Yana bir yangilik MB, daqiqa, SMS to‘plamlariga ega UMS abonentlariga taaluqli. Ma’lumki, ular 30 kun muddatga taqdim etiladi va ushbu muddat o‘tgandan keyin amal qilishni to‘xtaydi. “UMSdan bahorgi aksiya” doirasida ushbu to‘plamlardan 31 mart yakuniga qadar foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar ushbu muddat ichida to‘plamlar limitlari yakunlansa, aksiyaning yuqorida ko‘rsatilgan shartlari amal qilishni boshlaydi.
- Ushbu aksiyani ishga tushirar ekanmiz, barcha turdagi xizmatlarimizdan eng qulay narxlarda foydalanish imkoniyatini berish maqsadini o‘z oldimizga qo‘ydik. Shuning uchun ham bahor va tabiat yangilanishi mavsumida abonentlarimizga yoqimli narxlarda suhbat qilish imkoniyatini bermoqdamiz. Umid qilamizki, ular talablarga mos suhbatdan zavq olishadi, - deya, ta’kidladi “UMS” MChJ Bosh direktori Srajitdin Sayfutdinovich Faxrutdinov.
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilganligini eslatib o‘tamiz.