Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS va OLX hamkorlikda aksiya o‘tkazishmoqda

UMS mobil operatori va OLX.uz e’lonlar servisi hamkorligidagi aksiya o‘z ishini boshladi. 2017 yilning 1 fevralidan 31 martiga qadar UMS abonentlari OLX.uz e’lonlar servisidan foydalanganlarida mobil Internet-trafikka haq olinmaydi. Bundan tashqari, ular OLX.uzda e’lonlar joylashtirganlari uchun bonus – har hafta 500 megabaytgacha mobil Internetga ega bo‘lishadi!

Aksiya shartlariga ko‘ra, UMS abonentlari OLX http://olx.uz/ servisi, uning mobil talqini, shuningdek, servisning Android va iOS uchun ilovalaridan foydalanayotganlarida sarflanayotgan trafik narhlanmaydi. Ushbu qulayliklar mobil qurilma ishlab chiqaruvchilari tomonidan avvaldan o‘rnatilgan brauzerdan kirilgandagina amal qiladi.

Bundan tashqari, UMS abonentlari OLX.uzda joylashtirgan har 3ta e’lon uchun kafolatlangan 50 megabayt olishadi. Misol uchun, 3tadan 5tagacha e’lon uchun 50 megabayt, 6tadan 8tagacha e’lon uchun 100 megabayt, 9tadan 11tagacha e’lon uchun 150 megabayt va h.k. belgilanadi. Haftasiga umumiy hisobda 500 bonus megabaytgacha, oyiga esa 2000 megabaytgacha to‘plash mumkin.

“OLX.uz” servisida bepul e’lonlar joylashtirish orqali xaridlar va sotuvlarni amalga oshirish O‘zbekiston aholisi, shu jumladan kompaniyamiz abonentlari o‘rtasida juda ommabop. Mijozlarimiz kerakli servislardan foydalanishlari uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishlarini xohlaymiz. Umid qilamizki, UMS data-operatori va OLX o‘rtasidagi hamkorlik samarali bo‘ladi", – deya, ta’kidladi “UMS” MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.

“UMS bilan qo‘shma loyihamiz mobil abonentlar uchun bir nechta qulaylik yaratadi. Birinchidan, ular OLXdan bepul, ya’ni Internet-trafikka haq to‘lamasdan foydalanishadi. Ikkinchidan, OLX foydalanuvchilariga hamkorimiz qo‘shimcha Internet megabaytlarini belgilab boradi va ular mobil Internetdan yanada faolroq foydalanishlari uchun zamin yaraladi”, – deya, izoh berdi OLXning O‘zbekistondagi direktori Doniyorbek Turgunov.

Aksiya 31.03.2017gacha amal qiladi, u haqida batafsil ma’lumot http://ums.uz va http://olx.uz/akcia-ums/ saytlarida taqdim etilgan.

UMS bilan bog`lanish:

e-mail:  pr@myums.uz

Web:    www.ums.uz

OLX bilan bog`lanish:

e-mail:  oksana.vengrovskaya@olx.com

Web:    www.olx.uz

 UMS kompaniyasi haqida:

"Universal Mobile Systems" MChJ kompaniyasi – GSM, UMTS va 4G LTE standartlarida mobil ovozli aloqa va mobil Internetga kirish zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonasi. Kompaniya 2014 yilning 1 dekabrida tijoriy faoliyat boshlagan. Kompaniya ta’sischisi – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” DUK.

OLX servisi haqida:

OLX (avval Torg.uz) — O‘zbekistonda №1 e’lonlar servisi. Maydonning O‘zbekistondagi e’lonlar bazasi 180 mingdan ziyod e’lonni o‘z ichiga olgan va oyiga o‘rtacha 80 mingdan ziyod yangi takliflar bilan boyib bormoqda. SimilarWeb ma’lumotlariga ko‘ra, OLX O‘zbekistonning eng mashhur saytlari 10taligidan joy olgan.

OLX – dunyodagi eng mashhur bepul e’lonlar onlayn-maydonlaridan bo‘lib, 40dan ortiq mamlakatda taqdim etilgan. OLXga Naspers media va dijital kompaniyasi egalik qiladi.

OLX e’lonlar joylashtirish orqali muayyan mamlakatlarda tezkor va bepul ravishda tovar va hizmatlarni sotib olish, sotish yoki almashish usulini taklif qiladi. OLX yordamida dunyodagi millionlab insonlar har oy turli hil tovarlarni, shu jumladan maishiy buyumlar, mebel, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar, musiqiy asboblar, avtomobil va mototsikllar, elektronika va mobil moslamalar, ko‘chmas mulk va xizmatlarni sotidi va sotib oladi. OLX nomi “online exchange” («onlayn almashinuv») iborasidan kilib chiqqan va zamonaviy bepul e’lonlar servislarining mazmun-mohiyatini ochib beradi.

OLX ofislari Nyu-York, Kiyev, Budapesht, Sofiya, Lissabon, Bangkok, Buenos-Ayres, Keyptaun, Dehli, Rio-de-Janeyro, San-Paulo va dunyoning boshqa shaharlarida ishlamoqda. 2010 yilda OLX Naspers gurug‘i tarkibiga kirgan.

Naspers – elektron tijorat media-platformalari va maydonlarini birlashtirib turuvchi yetakchi halqaro guruh. Ohirgi 20 yil ichida guruh bitta mamlakatda faoliyat olib boruvchi bosma media biznesidan ko‘plab bozorlarda ishlaydigan turli sohalarga ixtisoslashgan media va dijital guruhga aylandi. Guruh faoliyati elektron tijorat, pullik televideniye xizmatlari va bosma medialarni o‘z ichiga oladi. Naspers guruhining aksariyat biznesi o‘z sohalari bo‘yicha yetakchi sanaladi. Guruhning peshqadam ofislari Markaziy va Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika, shuningdek, Hindiston va Hitoyda faoliyat olib bormoqda.

Ro'yxatga qaytish