Hurmatli abonentlar!
Ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Mobiuz kompaniyasi 2026-yil 4-noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha 2G/3G/4G tarmog‘ida montaj ishlarini olib boradi.
Ushbu vaqt oralig‘ida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining quyidagi tumanlarida ovozli aloqa va mobil internet xizmatlari sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin:
-
Zangiota tumani;
-
Quyichirchiq tumani;
-
Qibray tumani;
-
Toshkent tumani;
-
O‘rtachirchiq tumani;
-
Yuqorichirchiq tumani;
-
Yangiyo‘l tumani.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.