2026-yil 22-sentabr soat 20:00 dan 23-sentabr soat 02:00 gacha rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan ayrim xizmatlardan foydalanishda vaqtinchalik cheklovlar kuzatilishi mumkin.
Mazkur davrda:
Mobil ilova — xizmatlar/mahsulotlarni ulash va o‘chirish operatsiyalari vaqtincha mavjud bo‘lmaydi;
USSD orqali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish xizmatlari — xizmatlar/mahsulotlarni ulash va o‘chirish operatsiyalari vaqtincha mavjud bo‘lmaydi. Balansni tekshirish xizmati mavjud bo‘ladi;
Abonentlarni bloklash va blokdan chiqarish — operatsiyalar bajarilishida kechikishlar kuzatilishi mumkin;
Dilerlik shoxobchalarida yangi abonentlarni ulash — vaqtincha mavjud bo‘lmaydi.
To‘lovlar, mablag‘larni yechib olish va hisob-kitoblarni amalga oshirish xizmatlari odatdagi tartibda ishlaydi.
Texnik ishlar yakunlangach, barcha xizmatlar odatdagi tartibda qayta tiklanadi.
Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.