Hurmatli abonentlar!
«UMS» MChJ transport tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 21-sentabrdan 25-sentabrgacha soat 10:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyatining quyidagi hududlarida «UMS» MChJ tarmog‘i abonentlariga taqdim etilayotgan ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlari sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin:
- O‘rta Chirchiq tumani, Qorasuv shaharchasi;
- O‘rta Chirchiq tumani, Nomdanak MFY, Nomdanak ko‘chasi;
- Piskent tumani, Kerovchi QFY;
- O‘rta Chirchiq tumani, Yangihayot shaharchasi;
- Nurafshon shahri, Obod MFY, Do‘stlik ko‘chasi;
- O‘rta Chirchiq tumani, Angor QFY, O‘rtaovul MFY, Dilnavo ko‘chasi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.