Hurmatli abonentlar!
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida dasturiy ta’minotni RRL uskunalariga almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan, Toshkent shahrining Chilonzor, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida va Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Qibray, Parkent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida 2G/3G/4G tarmog‘ida 09.06.2026y. soat 00:00 dan 04:00 gacha taqdim etilayotgan ovozli xizmatlar va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.