Hurmatli abonentlar!
Texnik sabablarga ko‘ra, “Universal Mobile Systems” MChJ tarmog‘ida Toshkent shahrida yangi PCRF tugunini ishga tushirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 25-mart soat 23:00 dan 2026-yil 26-mart soat 04:30 gacha maʼlumot uzatish hamda VoLTE/ViLTE trafikining bir qismi qayta yo‘naltirilishi sababli O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha abonentlar uchun xizmat ko‘rsatishda (maʼlumot uzatish, ovozli aloqa va SMS) qisqa muddatli yomonlashishlar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz