Toshkent shahar, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida montaj ishlari
Hurmatli abonentlar!
2026-yil 13-fevral kuni soat 00:00 dan 04:00 gacha GSM900 tayanch stansiyalarida chastotalarni almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek Toshkent viloyatining Chirchiq, Olmaliq shaharlari hamda Ohangaron, Bo‘stonliq, Qibray, Parkent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida ovozli aloqa va ma’lumot uzatish xizmatlarida qisqa muddatli yomonlashishlar kuzatilishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.