Toshkent viloyatida RRLʼni almashtirish ishlari muddati uzaytirilishi
Radiorele liniyalarini (RRL) almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muddati 2025-yil 22-sentabrgacha uzaytirilganini ma’lum qilamiz. Ishlar quyidagi manzillarda olib boriladi:
Chirchiq shahri, Muruqqat, Chirchiq VChUG BVO «Sirdaryo» to‘g‘oni suv tuguni;
Chirchiq shahri, Bobur, 8-mavze, qozonxona;
Chirchiq shahri, V. Haydarov, Haydarov ko‘chasi;
Chirchiq shahri, Iqbol, A. Navoiy ko‘chasi, GES №10;
Qibray tumani, Zafarobod MFY, Qizil Shalola, Harbiy shaharcha №28, Chirchiq okrug poligoni;
Chirchiq shahri, G‘alaba MFY;
Chirchiq shahri, Hayot guli, Oyoq kiyimchilar ko‘chasi;
Gazalkent shahri, Bo‘stonliq tumani, «Ma’rifat» MFY, «Axsak-ota» nasos stansiyasi;
Gazalkent shahri, Bo‘stonliq tumani, «Birlik» MFY, Beruniy ko‘chasi;
Bo‘stonliq tumani, Chakcham qishlog‘i, Temir ota Sulolasi FH, «Ma’rifat» MFY;
Bo‘stonliq tumani, «Ma’rifat» MFY, «Beldersoy Oromgohi» OK;
Xumson qishlog‘i, Bo‘stonliq tumani, Xumson MFY, 19-maktab.
Ushbu davrda aloqa xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.