Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Toshkent viloyatidagi tarmoq rekonstruksiyasi

Hurmatli abonentlar! 

“Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati shuni ma’lum qiladiki, kommutatsiya uskunalarini rekonstruksiya qilish va 2G/3G/4G standartidagi tayanch stansiyalarini yangi nazorat uskunalariga qayta yoqish yuzasidan ishlar olib borilayotgani munosabati bilan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Chinoz, Bo‘ka, Pskent, Zangiota, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq tumanlarida 06.08.2022 yil soat 00:00 dan 16.08.2022 yil soat  05:00 gacha bo‘lgan davrda 2G/3G/4G standartlaridagi tarmoq abonentlariga ko‘rsatilayotgan aloqa va ma’lumotlarni uzatish xizmatlari sifatining qisqa muddatli yomonlashishi kuzatilishi mumkin. Ishlar soat 00:00 dan 05:00 gacha olib borilmoqda. 

 

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz

Ro'yxatga qaytish