Qoraqalpog'iston Respublikasi va Sirdaryo, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida tarmoq rekonstruksiyasi
Baza stansiyalaridagi boshqaruvchilarning dasturiy ta'minotini yangilash bo'yicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan 07.12. dan 20.12.2020y. gacha bo'lgan davr mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Sirdaryo, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand viloyatlaridagi 2G/3G tarmoqlarining abonentlariga taqdim etilayotgan aloqa va ma'lumotlarni uzatish xizmatlarning sifati yomonlashishi mumkin.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.