Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Tadjiyev Sardorbek Turg‘unovich
PR boʻyicha direktor
Ma’lumotingiz

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Magistratura

  • Kompaniyaning ijobiy nufuzini shakllantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;
  • Kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi faoliyatiga doir kompleks dasturlar va rejalarni ishlab chiqadi, ularni amalga oshirish ishlari qanday olib borilayotganligini nazorat qiladi va natijalarini tahlil qiladi;
  • Kompaniya va uning mintaqaviy Xizmat ko‘rsatish markazlarining rejalari, yangiliklari, yutuqlari hamda faoliyat prinsiplari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari (OAV)da joylashtirilishini ta’minlaydi;
  • OAVda, blogosferada, tadbirlar va boshqa tashqi kommunikatsiyalarda Kompaniya nomidan rasman so‘zlaydi;
  • Matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa media hamda PR tadbirlarini, shuningdek rahbariyat bilan uchrashuvlar, suhbatlar va sharhlarni rejalashtiradi va tashkil qiladi;
  • OAV va blogosfera uchun axborot materiallari (bayonotlar, axborot xabarlari, matbuot-relizlar, sujetlar va shu kabilar), shuningdek ijtimoiy tarmoqlar uchun maqolalar tayyorlaydi;
  • Kompaniyaning joriy faoliyati va rivojlanish rejalari to‘g‘risida OAV va blogerlardan tushgan savollarga o‘z vaqtida javob berilishini ta’minlaydi;
  • OAV vakillari, blogerlar, jamoatchilik fikri yetakchilari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralarda «UMS» MChJ manfaatlarini himoya qiladi.
Ro'yxatga qaytish