Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Saydaliyev Yoqubjon Xakimjonovich
Bosh direktorning iqtisodiyot va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Ma’lumotingiz

Toshkent Davlat agrar universiteti ACCA malakasi

  • «UMS» MChJ Moliyaviy departamentining faoliyatiga rahbarlik qiladi, Kompaniyaning moliyaviy siyosatini belgilaydi;
  • «UMS» MChJ Moliyaviy departamentining mavjud resurslari samarali taqsimlanishini rejalashtiradi;
  • Moliyaviy intizomga rioya etilishi, shartnomaviy majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi hamda daromadlar tushumini, yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, kredit tashkilotlari bilan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalari rasmiylashtirilishi tartibi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
  • Istiqbolga mo‘ljallangan va joriy moliyaviy rejalar hamda pul mablag‘lari budjetlari, tasdiqlangan budjetlar tizimining ko‘rsatkichlari tuzilishiga rahbarlik qiladi, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
  • «UMS» MChJning moliyaviy hisobotlari Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ga yoxud Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq tayyorlanishini tashkil qiladi;
  • «UMS» MChJ darajasida faoliyat xatarlarini baholash prinsiplari va metodologiyasini shakllantiradi, xatarlar bo‘yicha axborotni umumlashtiradi;
  • «UMS» MChJda ichki nazoratning samarali tizimini rivojlantiradi va sinovdan o‘tkazadi;
  • Pul mablag‘lari harakatini boshqaradi;
  • Valyutaga oid qonunchilikka, shuningdek soliqlar va yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi davlat organlari bilan munosabatlarda «UMS» MChJ manfaatlarini himoya qiladi;
  • Korporativ rivojlanish va investitsiya siyosati prinsiplarini belgilashda qatnashadi;
  • O‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linmada Kompaniyaning odob-axloq meyorlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
  • «UMS» MChJda amalda bo‘lgan meyoriy hujjatlarga muvofiq, qo‘l ostidagi xodimlar bajarayotgan ish sifatini davriy ravishda baholaydi, xodimlarga muntazam ravishda baho beradi, javob aloqani ta’minlaydi;
  • «UMS» MChJ Moliyaviy departamentining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari uchun maqsad va vazifalarni belgilaydi;
  • O‘z lavozim vazifalari va vakolatlari doirasida bevosita rahbar xizmat yuzasidan bergan topshiriqlarni bajaradi.
Ro'yxatga qaytish