Toshkent Davlat universiteti
- Kompaniya obyektlarining xavfsizligini, ishonchli himoyasini ta’minlaydi;
- Kompaniyaning aktivlari va moddiy boyliklarining to‘liq saqlanishini ta’minlaydi;
- Xavfsizlik tizimlarining ishlash holatini va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi;
- Kompaniyaning axborot xavfsizligini, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlaydi;
- “UMS” MChJning Axborot xavfsizligi va rejimi departamenti faoliyatini tashkil qiladi va boshqaradi;
- “UMS” MChJ ning mahalliy hujjatlari bilan belgilangan talablarga, Bosh direktorning buyruq va farmoyishlariga muvofiq tartibda, kompaniya obyektlariga kirish rejimini tashkil qiladi va nazorat qiladi;
- Kompaniyaning xavfsizlik strategiyalari va siyosatlarini, jumladan, axborot xavfsizligini ishlab chiqadi va joriy qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, sohalarda qo‘llanilayotgan davlat va xalqaro standartlarga, tarmoq va ichki normativ mahalliy hujjatlarga, shuningdek, kompaniya Bosh direktorining buyruq va farmoyishlariga muvofiq axborot xavfsizligi bo‘yicha ichki huquqiy mahalliy hujjatlarni ishlab chiqadi va dolzarbligini ta’minlaydi.