Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
- Guruh faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi;
- Davlat organlari orqali «UMS» MChJga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hisobga olinishi hamda ularni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish jarayonini ta’minlaydi;
- «UMS» MChJ Bosh direktorining Virtual qabulxonasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari hisobini yuritadi hamda ularni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish jarayonini ta’minlaydi;
- Ko‘rib chiqilgan murojaatlar muddatlari va miqdori to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga hisobotlar tayyorlaydi;
- Davlat organlari orqali «UMS» MChJning mintaqaviy XKMlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha javoblar loyihalarini tayyorlaydi;
- O‘z vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan «UMS» MChJning boshqa bo‘linmalari, tashqi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va ularning bo‘linmalari bilan hamjihat ish olib boradi.