Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Maksudova Oysha Abduraxmanovna
Komplayens bo‘lim boshlig‘i
Ma’lumotingiz

Toshkent davlat yuridik instituti 2004-yil (Yurisprudensiya)

  • Komplayens bo‘limi ishini tashkil qiladi va rejalashtiradi;
  • Kompaniya faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlaydi;
  • Kompaniya ichki hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiqligini ta’minlaydi;
  • Potensial korrupsiyaviy xavf-xatarlarni, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi xavf-xatarlarini aniqlaydi va baholaydi, shuningdek ularni boshqarish choralarini ko‘radi;
  • Komplayens standarti va siyosatini ishlab chiqadi va joriy etadi;
  • Jamiyatda xalqaro standartlarga javob beradigan komplayens kompleks tizimini joriy etadi;
  • Yuridik va jismoniy shaxslar – kontragentlarni ishonchlilik, to‘lov qobiliyati, manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligi yuzasidan tekshiradi;
  • Muvofiq darajada ijro etilmaydigan shartnomalarni tuzish xavf-xatarini kamaytirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va monopoliyaga qarshi qonunchilik talablari buzilishining oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshiradi;
  • Kompaniyaning korrupsiyaga qarshi va monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari samarali ishlashini nazorat qiladi;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari, monopoliyaga qarshi organlar bilan hamkorlikni yuritadi.
Ro'yxatga qaytish