
Toshkent davlat yuridik instituti 2004-yil (Yurisprudensiya)
-
Komplayens bo‘limi ishini tashkil qiladi va rejalashtiradi;
-
Kompaniya faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlaydi;
-
Kompaniya ichki hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiqligini ta’minlaydi;
-
Potensial korrupsiyaviy xavf-xatarlarni, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi xavf-xatarlarini aniqlaydi va baholaydi, shuningdek ularni boshqarish choralarini ko‘radi;
-
Komplayens standarti va siyosatini ishlab chiqadi va joriy etadi;
-
Jamiyatda xalqaro standartlarga javob beradigan komplayens kompleks tizimini joriy etadi;
-
Yuridik va jismoniy shaxslar – kontragentlarni ishonchlilik, to‘lov qobiliyati, manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligi yuzasidan tekshiradi;
-
Muvofiq darajada ijro etilmaydigan shartnomalarni tuzish xavf-xatarini kamaytirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish va monopoliyaga qarshi qonunchilik talablari buzilishining oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshiradi;
-
Kompaniyaning korrupsiyaga qarshi va monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari samarali ishlashini nazorat qiladi;
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari, monopoliyaga qarshi organlar bilan hamkorlikni yuritadi.