![](/upload/resize_cache/iblock/565/m0og05vg2dbqs9oe07dphu4mkmhdlga2/250_250_1/Abdurakhmanov-A.R..jpg)
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti,
Yomgnam universiteti (Janubiy Koreya), magistr
- Texnik blokning ishini tashkil qiladi;
- «UMS» MChJning texnologik strategiyasi uning biznes-strategiyasiga muvofiq bo‘lishini, texnologik strategiya va AT-strategiya bilan marketing rejalari va funksional bloklar strategiyasi orasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydi;
- «UMS» MChJ tarmog‘i, shu jumladan radio kirish tarmog‘i, kommutatsiya kichik tizimi, transport kichik tizimi, AT infratuzilmasi hamda servis platformalari rivojlanishi va ishlatilishini ta’minlaydi;
- Texnik blok «UMS» MChJning moliyaviy rejalashtirish va budjetlashtirish jarayonlarida qatnashishini tashkil qiladi;
- O‘z mas’uliyati hududida asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qiladi;
- Qurilishi tugallangan obyektlar foydalanishga qabul qilinishi va zarur texnik hujjatlar rasmiylashtirilishini tashkil qiladi;
- Qurilish obyektlarini qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish komissiyalarining ishida qatnashadi;
- «UMS» MChJda tarmoq sifatini boshqarishga yagona yondashuvni ta’minlaydi;
- Texnik blokning vakolatlari doirasidagi masalalarda «UMS» MChJ tarkibiy bo‘linmalari bilan hamjihat ishlanilishini tashkil qiladi;
- Yangi texnologiyalarni joriy etish istiqbollarini baholash, uskunalar va xizmatlarni xarid qilish shartlarini maqbullashtirish maqsadida yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hamjihat ish olib boradi;
- «UMS» MChJ tarmog‘ida yangi texnologiyalar barcha meyorlarga rioya etgan holda joriy etilishini nazorat qiladi;
- «UMS» MChJ Texnik blokining budjeti ijrosini nazorat qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida «UMS» MChJ rivojlanishi uchun eng qulay shart-sharoit yaratish maqsadida aloqa operatorlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamjihat ish olib borilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
- O‘z lavozim vazifalari va vakolatlari doirasida bevosita rahbar yoki yuqori rahbariyat xizmat yuzasidan bergan topshiriqlarni bajaradi;
- Ichki meyoriy hujjatlarda (buyruqlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, lavozim yo‘riqnomasi va boshqalarda) belgilangan normalar va qoidalarga rioya etadi;
- Texnik blok xodimlari uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish hamda ta’minlash borasidagi tashkiliy-texnik ishlarga rahbarlik qiladi;
- Xavfsiz texnologik jarayonlar ishlab chiqarishga joriy etilishini tashkil qiladi, ishlab chiqarish obyektlarini normativlarda ko‘zda tutilgan moslamalar va qurilmalar bilan jihozlash choralarini ko‘radi.