Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Abduraxmanov Abduraxmon Rustamovich
Bosh direktorning texnika va AT bo‘yicha o‘rinbosari
Ma’lumotingiz

Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti,
Yomgnam universiteti (Janubiy Koreya),  magistr

  • Texnik blokning ishini tashkil qiladi;
  • «UMS» MChJning texnologik strategiyasi uning biznes-strategiyasiga muvofiq bo‘lishini, texnologik strategiya va AT-strategiya bilan marketing rejalari va funksional bloklar strategiyasi orasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydi;
  • «UMS» MChJ tarmog‘i, shu jumladan radio kirish tarmog‘i, kommutatsiya kichik tizimi, transport kichik tizimi, AT infratuzilmasi hamda servis platformalari rivojlanishi va ishlatilishini ta’minlaydi;
  • Texnik blok «UMS» MChJning moliyaviy rejalashtirish va budjetlashtirish jarayonlarida qatnashishini tashkil qiladi;
  • O‘z mas’uliyati hududida asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qiladi;
  • Qurilishi tugallangan obyektlar foydalanishga qabul qilinishi va zarur texnik hujjatlar rasmiylashtirilishini tashkil qiladi;
  • Qurilish obyektlarini qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish komissiyalarining ishida qatnashadi;
  • «UMS» MChJda tarmoq sifatini boshqarishga yagona yondashuvni ta’minlaydi;
  • Texnik blokning vakolatlari doirasidagi masalalarda «UMS» MChJ tarkibiy bo‘linmalari bilan hamjihat ishlanilishini tashkil qiladi;
  • Yangi texnologiyalarni joriy etish istiqbollarini baholash, uskunalar va xizmatlarni xarid qilish shartlarini maqbullashtirish maqsadida yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hamjihat ish olib boradi;
  • «UMS» MChJ tarmog‘ida yangi texnologiyalar barcha meyorlarga rioya etgan holda joriy etilishini nazorat qiladi;
  • «UMS» MChJ Texnik blokining budjeti ijrosini nazorat qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida «UMS» MChJ rivojlanishi uchun eng qulay shart-sharoit yaratish maqsadida aloqa operatorlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamjihat ish olib borilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
  • O‘z lavozim vazifalari va vakolatlari doirasida bevosita rahbar yoki yuqori rahbariyat xizmat yuzasidan bergan topshiriqlarni bajaradi;
  • Ichki meyoriy hujjatlarda (buyruqlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, lavozim yo‘riqnomasi va boshqalarda) belgilangan normalar va qoidalarga rioya etadi;
  • Texnik blok xodimlari uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish hamda ta’minlash borasidagi tashkiliy-texnik ishlarga rahbarlik qiladi;
  • Xavfsiz texnologik jarayonlar ishlab chiqarishga joriy etilishini tashkil qiladi, ishlab chiqarish obyektlarini normativlarda ko‘zda tutilgan moslamalar va qurilmalar bilan jihozlash choralarini ko‘radi.
Ro'yxatga qaytish