“UMS” MChJning kontragentlari va biznes hamkorlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitish
Kontragentlar va biznes hamkorlarga murojaat!
Mobiuz kompaniyasi Siz bilan hamkorlik qilish imkoniyatini qadrlaydi va o‘zaro ishonch, ochiqlik va halollikka asoslangan ishbilarmonlik munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga intiladi.
Kompaniyamiz o‘z faoliyatida shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga doimiy ravishda amal qiladi. Kompaniyaning muhim korporativ tamoyili, korrupsiyaning hech qanday shakli qabul qilinmasligi va ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishdir. Korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish doirasida Kompaniyamiz “Korrupsiyaga qarshi menejment tizimlari” ISO 37001 xalqaro standarti talablarini joriy etdi va ularga rioya qilmoqda, bu axloq va korporativ javobgarlik sohasida yuqori standartlar o‘rnatilganligini ko‘rsatadi.
Biz Sizni ham, Kontragentlarimizni va biznes hamkorlarimizni quyidagilarga undaymiz:
- Saytida joylashtirilgan “UMS” MChJning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bilan tanishib chiqish;
- Mijozlar va biznes hamkorlar tomonidan ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida o‘z tashkilotida ISO 37001ni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqish;
- Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha xodimlarni o‘qitishni ta’minlash.
Shuningdek, Kompaniyada joriy etilgan “Korrupsiyaga qarshi menejment tizimlari” ISO 37001 xalqaro standartiga muvofiq, g‘olib deb topilgan va Kompaniyamiz bilan shartnoma tuzayotgan xarid tartib-tamoyillari ishtirokchilari saytida joylashtirilgan “UMS” MChJning kontragentlari va biznes hamkorlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv dasturi bilan tanishish orqali o‘qitilishi lozimligi haqida ma’lum qilamiz.
Xarid jarayonlarida ishtirok etishingizni tasdiqlab va biz bilan shartnomaviy munosabatlarga kirib, siz va xodimlaringiz korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha, jumladan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘qitishni o‘z ichiga olgan ma’lumot bilan tanishishingizni tasdiqlaysiz.
ISO 37001ni joriy etib bo‘lgan kontragentlar va biznes hamkorlarimizga shaffof biznesni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Bizning tavsiyalarimiz va choralarimiz hech qanday cheklovlar uchun asos bo‘lmaydi va halol ishbilarmonlik muhitini yaratish va ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.
Hurmat bilan,
“UMS”MChJ Rahbariyati