Biz ijtimoiy tarmoqlarda
GPRS va LTE platformalaridan foydalanish bo‘yicha funksional guruhning katta mutaxassisi

Asosiy lavozim vazifalari:

  • Tarmoq holatining nazoratini amalga oshirish va texnologik uskunalar, serverlar, elektr quvvatlash tizimlari va uyali aloqa tizimi inshootlariga joriy texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish. Tarmoqning barcha elementlari va ular bog‘langan uskunalarda, uyali aloqa tizimi inshootlarida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash bo‘yicha amaldagi me’yorlar, qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va Tashkilot rahbariyati farmoyishlariga muvofiq choralar ko‘rish;
  • Uyali aloqa xizmatlarini taqdim qilishning sifatini va tizim inshootlari va uskunalarning avariyalarsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish. Aloqaning ishonchliligi, barqarorligi va egiluvchanligi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash, tizim sifati me’yorlari va foydalanish masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etish;
  • Birlamchi hisoblash va hisobotlarni olib borish, texnologik uskunalarning ishlashini tahlil qilish, tizim abonentlarining taqdim etilayotgan aloqa xizmatlarining sifati bo‘yicha shikoyatlarini tekshirishda ishtirok etish;
  • Xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga amal qilish va bajarish. Xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va tashkilot moddiy qimmatbaholiklarini saqlangan holda bo‘lishi uchun choralar ko‘rish.

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot;
  • Mutaxassislik bo‘yicha kamida bir yillik ish tajribasi.
  • Uyali aloqa tizimining algoritmlari va ishlash tamoyillarini, kommutatsiya stansiyalarining bloklari va uskunalarini funksional sxemalarini, o‘zaro ishlash tamoyillarini bilish;
  • Ichki mehnat tartibi qoidalarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini bilish;
  • Uyali aloqa tizimlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar, nizomlar va me’yorlarni bilish.
Ro'yxatga qaytish