Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz va ZTE o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi

2024-yilning 27-mart kuni Mobiuz mobil operatori Markaziy ofisida Kompaniya rahbariyati va Xitoyning yetakchi vendorlaridan biri – ZTE korporatsiyasi top-menejerlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mobiuz va ZTE uzoq muddatli strategik hamkorlardir. Kompaniyalarning qo‘shma loyihalari O‘zbekistonda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish va ilg‘or xalqaro tajriba asosida telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan Investitsiya forumida Mobiuz va ZTE o‘rtasida umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng shartnoma imzolangan edi. U 2024-2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Mobiuz tarmog‘ini yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Bir oy o‘tib, joriy yilning fevral oyida, Butunjahon Mobil Kongressi (MWC 2024) doirasida Mobiuz va ZTE hamkorlik va yangi istiqbolli loyihalar bo‘yicha memorandum imzoladilar.

Ro'yxatga qaytish