Biz ijtimoiy tarmoqlarda
TATU talabalari uchun seminar

Mobiuz mobil operatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda oliygoh talabalari uchun seminar o‘tkazdi.

Mobiuz telekommunikatsiya sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni davom ettirmoqda. Bu yo‘nalishdagi eng ilg‘orlardan biri TATU hisoblanadi.

Seminarda Mobiuz’ning Texnik bloki va Xodimlar bilan ishlash departamenti vakillari universitet talabalariga operator faoliyati, erishilayotgan muvaffaqiyatlar va rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Kompaniyada ishlashning afzalliklari, amaliyot va stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kelgusida ishga joylashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Tadbir doirasida viktorina ham o‘tkazildi, g‘oliblarga Mobiuz brendi mahsulotlari taqdim etildi.

   

  

  



Ro'yxatga qaytish