Hurmatli abonentlar!
«O‘zbektelekom» AK tomonidan OTAL optik krossini ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan ishlar munosabati bilan «UMS» MCHJ xodimlari tomonidan OTAL kabelini ko‘chirish bo‘yicha ishlar o‘tkaziladi. Shu munosabat bila Toshkent sh. va Toshkent viloyatidagi 2G/3G/4G/5G tarmoqlarida taqdim etilayotgan aloqa va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarining sifati qisqa muddatga yomonlashishi mumkin, shuningdek quyidagi davrda internetga kirish imkoniyatida cheklanishlar bo‘lishi mumkin:
12.03.2024y. 22:00 dan 13.03.2024y. 02:00 gacha
14.03.2024y. 22:00 dan 15.03.2024y. 02:00 gacha
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.