Ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada maqbullashtirish maqsadida olib borilayotgan ishlar munosabati bilan, 23 iyun soat 00:00dan soat 3:20gacha abonentlar quyidagi xizmatlardan foydalana olmaydilar: tarif rejasini o‘zgartirish; qo‘shimcha xizmatlarni ulash/bekor qilish; tijorat vakillarining tizimlari orqali yangi abonentlarni ro‘yxatga olish; to‘lovlarni qabul qilish va balansni tekshirish. Haq undirish, jumladan obuna to‘lovini chiqarib olish kechikishi mumkin.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.