Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Korrupsiyaga qarshi kurashish

«UMS» MChJ BOSH DIREKTORINING MUROJAATI

Hurmatli hamkasblar, abonentlar va korporativ mijozlar, biznes va tijorat hamkorlari!

Mobiuz – zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy qilish, innovatsion servislar va xizmatlarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan, mobil aloqa operatori.

Mobiuz o‘z faoliyatida odob va axloq tamoyillarining yuqori standartlariga tayanadi. Kompaniyaning asos korporativ tamoyili hech qanday shakldagi korrupsiyaga o‘rin yo‘qligi va O‘zbekiston Respublikasining bu sohadagi qonunchiligiga rioya qilishdir.

Biz korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida, faoliyatimizning shaffofligini oshirishga va korrupsiya namoyon bo‘lishining har qanday xatarlarini eng past darajaga tushirishga yordam beradigan vositalarni, muntazam ravishda takomillashtirib boramiz.

Kompaniyada O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni, hamda mamlakatda qabul qilinayotgan va korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan, boshqa hujjatlarning talablari bajarilishini ta’minlash doirasida, korrupsion qoidabuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borilmoqda.

Kompaniyaning bu sohadagi asosiy tamoyillarini belgilovchi, barcha Mobiuz xodimlari uchun majburiy bo‘lgan, mahalliy hujjatlar ishlab chiqilgan va joriy qilingan. Kompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hujjatlarga rioya qilinishiga yo‘naltirilgan, faol chora-tadbirlarni ishlab chiqish va nazoratni amalga oshirish uchun komplayens bo‘yicha maxsus bo‘linma ish olib boradi. Abonentlar, kontragentlar, hamkorlar va boshqa shaxslarda o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, Mobiuz xodimlari tomonidan o‘zini tutish, axloq va korrupsiyaga qarshi kurashishning belgilangan me’yorlarini buzish holatlari haqida tezkor ravishda xabar berish imkoniyati bo‘lishi uchun maxsus aloqa kanallari joriy qilingan.

Mobiuz kompaniyasi muvaffaqiyatining asosiy sabablaridan biri, abonetlarimiz, hamkorlar va kontragentlarning ishonchidir. Mobiuz o‘z obro‘sini qadrlaydi, biznesni to‘gri va ochiq tarzda olib borish tamoyillariga sodiq va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun barcha zarur harakatlarni amalga oshiradi! 

«UMS» MChJ Bosh direktori

Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati 

Siz Mobiuz xodimlarining g‘ayriqonuniy harakatlari guvohiga aylangan bo‘lsangiz, Sizdan ofislarda ko‘rsatilgan yordam yoki xizmat uchun «mukofot» talab qilayotgan bo‘lishsa, Siz belgilangan narxlarning sun’iy ravishda oshirib yuborish holatlari, hamda Mobiuz xodimlari tomonidan amalga oshirilgan yoki kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan boshqa qoidabuzarliklar haqida xabardor bo‘lsangiz.

Bizga bu haqida, quyidagi kanallardan biri bo‘yicha murojaat qilgan holda, xabar qilishingiz mumkin:

Ishonch telefoni bo‘yicha:

0870 – Mobiuz abonentlari uchun (qo‘ng‘iroq bepul).

(+998) 97 780 0909 – boshqa uyali aloqa operatorlari va shahar raqamlaridan qo‘ng‘iroqlar uchun.

hotline@ mobi.uz elektron pochtasi bo‘yicha

Mobiuz Bosh direktorining Virtual qabulxonasiga

Mobiuz kompaniyasining Telegram, Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy kanallari va sahifalari orqali.

Biz abonentlar, mijozlar, hamkorlar va kontragentlar bilan o‘zaro munosabatlarda ochiq va shaffof faoliyat olib boramiz. Yuqorida keltirib o‘tilgan kanallar orqali olingan ma’lumotlar, faoliyatimizni yanada yaxshilashga imkon beradi!

Kelib tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda ko‘rib chiqiladi.

Mobiuz murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishda, maxfiylik va murojaat qiluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilmasligini kafolatlaydi. Kompaniya qoidabuzarliklar haqida xabar qilgan, vijdonli shaxslarga nisbatan hech qanday javob harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikni zimmasiga oladi.

Bunda, bilib turgan holda, xato yoki yanglishtiruvchi ma’lumotlarni taqdim qilishga yo‘l qo‘yilmasligini, hisobga olishni so‘raymiz.

Diqqat: qolgan barcha murojaatlar, shu jumladan kompaniya mahsulotlari va xizmatlariga tegishli bo‘lgan, qo‘ng‘iroqlar-markazining 0890, 0990, (+998) 97 1300909 raqamlari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Ro'yxatga qaytish